Yoshlar yetakchilari faoliyati o‘rganildi
26-avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Yoshlar yetakchilarining faoliyati, ish rejalari, hisobotlari hamda talabalar bilan olib borayotgan ishlari atroflicha o‘rganildi. Jarayon davomida yoshlar bilan ishlash tizimining bugungi holati, amalga oshirilayotgan ishlarning mazmuni va samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish davomida Yoshlar yetakchilariga talabalar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar va ularning yechimi, yoshlarning muammolarini aniqlash hamda ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish jarayonlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, yetakchilarning ish rejalari va hisobotlari tahlil qilinib, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda talabalar bilan muntazam ishlash samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.
Shu bilan birga, universitetda yoshlar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyiha va tashabbuslarning qamrovi hamda natijadorligi ham o‘rganildi. Faol va iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning salohiyatini rivojlantirish, yangi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, turli klub va to‘garaklar faoliyatini yanada jonlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida o‘tkazilgan loyihalarda talabalarning ishtiroki, yoshlarning tashabbuslarini amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi muhokama qilindi. Yoshlar yetakchilarining talabalar bilan yaqin va tizimli ishlashi, ularning qiziqishlari hamda takliflarini o‘rganib borishi yoshlar siyosatini samarali tashkil etishda muhim omil ekani ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganishning asosiy maqsadi yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni belgilashdan iborat. Shuningdek, talabalarning yangi g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, faol yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish hamda universitetda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.


