Yoshlar tarbiyasiga hech kim befarq emas
Yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, ezgulik, insonparvarlik kabi tuyg'ularni kamol toptirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yurtimizning barcha ta'lim muassasalarida "Ma'rifat ulashib" loyihasi keng quloch yoydi. Bu xayrli ishga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi ham munosib hissa qo'shmoqda.
Joriy yilning 13-may kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari R.Xudjaeva va N.Karimovalar kafedraga biriktirilgan Yangihayot tumanida joylashgan "Yorqinhayot" va " Zarbdor" (sobiq "Iqbol") MFY ga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida MFY raislari, MFY ichki tartibi bilan tanishib mahallalar bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
2024-yil 14-may kuni O‘zbek adabiyoti ta’limi kafedrasi dotsenti S.Qambarova Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahridagi “Oltinobod” MFYda bo'lib, mahalla yoshlarining kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha faollar bilan davra suhbati tashkil etdi. Mahallada jami 1231 ta xonadon mavjud. Aholi soni 3882 nafar. Mahalla hududida Musiqa va san’at maktabi joylashgan. Mahalla yoshlari 678 nafar. Suhbat jarayonida MFY raisi hudud yoshlarining qiziqishlari, mahalla kutubxonasining kitob fondi, mahalladagi she’r yozishga qiziqiadigan iqtidorli yoshlar, ularning tanlovlardagi ishtiroki haqida ma’lumot berdi.
Xuddi shu kuni O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari filologiya fanlari doktori, professor N. Xusanov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent H. Ahmedov hamda katta o‘qituvchi Davlatyor Jumashovlar Yangiyo‘l shahrida joylashgan 10-sonli o‘rta maktabda bo‘ldilar. Vakillarimiz maktab rahbariyati bilan uchrashuv, o'quvchilarni kitob mutolaasiga ko'proq targ'ib qilish, ularning ong-u shuurida yot g'oyalarga qarshi fikriy himoya hozil qilish bo'yicha o'z takliflarini berdilar va bu bo'yicha tizimli ishlashga kelishib oldilar.
14-may kuni, “Marifat ulashib” loyihasini amalga oshirish maqsadida Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi professsor-o‘qituvchilari F.Erkinov va Q.Rizvanovlar Yangiyo’l shahridagi “Sabo” va “Qovunchi tepa” MFYlariga borishdi hamda shahrdagi 3-maktabda o'quvchilar bilan davra suhbati olib bordilar.
Xorijiy tillar kafedrasi mudiri N. Rashidova boshchiligida kafedra professoro‘qituvchilari M.Abduraxmonova , Z.Qurbonova , Z.Jumanova , R.Isomutdinovalar Yangiyo‘l shahridagi 5- maktab, “Bahor” va “ Yangiobod” MFYlariga tashrif buyurishdi. Ular ham o'zlariga biriktirilgan hudud yoshlari bilan ishlashda mas'ullarga ko'mak berishlarini qayd etib, hamkorlikda olib boriladigan ishlar rejasini tuzib olishdi.
Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professsor-o‘qituvchilari G.Niyozova, R.Xudjaeva, X.Turdiyeva va N.Karimovalar Yangiyo‘l tumanidagi 1-sonli umumta'lim maktabida bo'ldilar. Tashrifdan maqsad mazkur maktab jamoasi bilan yaqindan tanishish va "Ma’rifat ulashib" haftaligida maktab jamoasi bilan koorporativ hamkorlik o‘rnatishdan iboratdir. Shu munosabat kafedra professor-o‘qituvchilari kafedra dotsenti G.Niyazova rahbarligida "O‘quv jarayonida baholash tizimini yanada takomillashtirish" mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazishdi. Seminar qizg‘in, bahs-munozarali tarzda olib borildi.
Ingliz tili kafedrasi professor-o’qituvchilari R.Turdiyeva, N. Mirzayeva, M.Xasanova va J.Radjabovalar Yangiyo‘l shahridagi 2-sonli umumta'lim maktabiga tashrif buyurishdi. Loyiha doirasida maktab rahbari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish, ingliz tili fanlarini o‘qitishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish masalalari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi. O‘quvchilar bilan qiziqishlari yuzasidan suhbatlashildi.