Yangiliklar

img
Sat, 02/24/2024 - 11:18

Yoshlar tarbiyasi uchun barchamiz mas’ulmiz

2024-yil 23-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida talaba-yoshlar ishtirokida “Yoshlar tarbiyasi uchun barchamiz mas’ulmiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirni universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O.Jamoldinova  ochib berdi. Talaba-yoshlarga  ilm-fan sirlarini chuqur egallash, o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirishda   o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishlari kerakligi ta'kidlandi.
Shuningdek, tadbir davomida hozirda universitetning bir qator tajribali, salohiyatli professor-o‘qituvchilari bilan ustoz-shogird tandemida ilmiy faoliyatga jalb etilgan iqtidorli, tashabbuskor talaba-yoshlar tomonidan muhim tavsiyalar berildi. Tadbir davomida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori O‘zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi To‘rayeva Mamura  so'zga chiqib, muvaffaqiyatga erishish bo'yicha tengdoshlari bilan  fikr almashdi.
Tadbirda Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi Muhandislik muhofaza va qurilish-tiklash ishlari bosh boshqarmasi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi orkestri ishtirok etdi. Orkestr ijrosidagi taronalar va kuylar barchaga birdek manzur bo'ldi.