Yangiliklar

img
Thu, 10/19/2023 - 18:45

Yosh tarjimonlar uchun trening darsi

Joriy yilning 19-oktabr kuni  universitetimizda faoliyat olib borayotgan Pushkin nomidagi rus tili va madaniyati  markazida  O'zbek tili kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchilari, Markaz faollari  va iste’dodli tarjimon, yozuvchi, pedagogika fanlari nomzodi Nikolay  Ilin  ishtirok etdi. Uchrashuvda Alisher Navoiyning ijodiy merosini chuqur o'rganish va ommalashtirishga ulkan hissa qo'shayotgan mohir tarjimon  o'zining  yangi to'plamlaridan she’rlar o'qib berdi,   o'zbek shoirlari ijodidan qilingan tarjimalarni o'z ichiga olgan kitoblardan kafedraga va Markazga taqdim etdi.  Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Nargiza Rashidova   so'zga chiqib, betakror o'zbek she’riyati bilan nafaqat rusiyzabon kitobxonlarni, balki butun ilm ahlini,  she’riyat muxlislarini tanishtirishga o'zining munosib hissasini qo'shib kelayotgan olimning kelgusidagi  ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Ustozlar va yosh tarjimon talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga  javob olishdi.   Kafedra ustozlari yosh tarjimon talabalar uchun tashkil etiladigan mana shunday uchrashuvlar, trening darslarining
 muhimligini qayd etishdi.