Yangiliklar

img
Tue, 05/02/2023 - 17:35

Yosh tarjimonlar taqdirlandi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida "Multfilmlar tarjimasi" tanlovi o‘tkazildi. Joriy yilning 2-may kuni mazkur tanlov natijalari e'lon qilindi hamda  nominatsiyalar bo'yicha talabalar sertifikat va  pul mukofotlari bilan taqdirlandi. 
"Eng yaxshi tarjima ishi" nominatsiyasi g'olibi - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz) fakulteti 3-kurs talabalarining "Everest" jamoasi,
"Eng yaxshi dublyaj" nominatsiyasi g'olibi - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz) fakulteti 1-kurs talabalarining "Shine" jamoasi,
"Eng yaxshi jamoaviy ish" nominatsiyasi g'olibi - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz) fakulteti 2-kurs talabalarining "Gryffindors" jamoasi,
"Eng yaxshi ovoz juftligi" nominatsiyasi g'olibi - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz) fakulteti 1-kurs talabalarining "Linguaphiles" jamoasi,
"Eng kreativ jamoa" nominatsiyasi g'olibi - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz) fakulteti 3-kurs talabalarining "High Fliers" jamoalari  g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va taqdirlandi.