Yangiliklar

img
Wed, 11/30/2022 - 14:39

Yosh tadqiqotchilarning an'anaviyanjumani bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 30-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Yosh filolog olimlar jamiyati tashabbusi bilan “Filologiya masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida” mavzusida universitet talabalarining ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ana’anaviy talabalar anjumani 5 ta sho'bada o‘z ishini olib bordi. Tilshunoslik, mumtoz adabiyot, zamonaviy adabiyot, jahon adabiyoti, til va adabiyot o‘qitish metodikasi, tarjimashunoslik masalalariga taalluqli 100 ga yaqin kichik ilmiy tadqiqotlar to‘plam holida chop etildi. 
Soha mutaxassislari professor va dotsentlar nazoratida bo‘lib o‘tgan sho’ba yig‘ilishlarida eng tirishqoq yosh mutaxassis va eng sara maqola, eng dolzarb mavzudagi maqola mualliflari aniqlanib, diplom bilan taqdirlandilar.