Yangiliklar

img
Fri, 06/02/2023 - 19:53

Yosh olimamiz Bialstok universitetida seminarlar o'tkazmoqda

2020-2023 yillar davomidaToshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Polshaning Bialstok universiteti bilan hamkorlikda Erasmus+ loyihasida ishtirokchi sanaladi. Ushbu loyihada oliy ta'lim muassasalari o'rtasida akademik almashinuvnitashkil etish, natijada professor-o'qituvchilar va talabalarning tajribasini oshirish maqsad qilingan. Bu dastur Yevropa va Markaziy Osiyoda tilshunoslik, adabiyot, madaniyatlararo muloqot sohalari bo'yicha oliy ta’lim sifatini oshirishni ko'zda tutadi. Bu talabalar va xodimlarga o'z malakalarini oshirish va ish bilan ta'minlash imkoniyatini beradi. Shu sababli, ushbu fanlar nuqtayi nazaridan universitetlar o'rtasida ilg'or tajriba almashiladi.
ToshDO'TAU Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti katta o‘qituvchisi Ozoda G‘ulomova Bialstok universiteti ingliz filologiyasi fakulteti bakalavr talabalari uchun “Madaniyatlararo muloqot” mavzusida bir qator ma’ruzalar o‘tkazdi.


Qayd etish zarurki, Bialstok universiteti Polshada 26-oʻrinni, 2023-yilgi global reytingda 1625-oʻrinni egallagan va 11 ta tadqiqot mavzusi boʻyicha TOP 50% reytingini qoʻlga kiritgan.12:57