Yangiliklar

img
Sat, 11/26/2022 - 10:38

Yosh notiqlar musobaqasi

24-noyabr kuni O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan talabalar turar joyida yashovchi talabalar uchun ''Sohibi so'z'' notiqlik tanlovi tashkil etildi. Unda talabalar tanishtiruv, ifodali o'qish va improvizatsiya shartlarida o'z nutqiy mahoratlarini namoyon etishdi.
 Tadbir mehmoni taniqli jurnalist Nozima Vohidova raisligidagi hakamlar hay'ati ishtirokchilarni quyidagi nominatsiyalar bo'yicha taqdirladilar:

''Zukko notiq''nominatsiyasida 301-guruh talabasi Shodmonov Muhiyiddin,   ''Eng ta'sirchan nutq sohibi'' nominatsiyasida 301- guruh talabasi Zulfiqorova Farangiz, ''Eng hozirjavob notiq'' nominatsiyasida 301-guruh talabasi Ergashev Kozimbek,''Eng shirali ovoz sohibi'' nominatsiyasida Ro'ziyeva Azizaxon, ''Sharqona nutq sohibi'' nominatsiyasida Elomonova Malikabonu


Tanlov g'olibi ''Sohibi so'z'' deya 301-guruh talabasi Zulfiqorova Farangiz e'tirof etildi.


Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.