Yangiliklar

img
Fri, 06/16/2023 - 19:33

Yosh manbashunoslar dissertatsiya himoyasidan

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik kafedrasida magistrantlarning 70230301 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyalari   himoyasi davom etmoqda. Bugun navbatdagi magistrantlarning ilmiy ishlari muhokama qilindi. Jumladan, magistrant Kabilov Abdulbosit Badretdinovichning “Mavludi Nabiy turkumidagi adabiy manbalarning matniy tadqiqi”, Fayoziy Najmiddin Nuriddin o‘g‘lining “O‘rta Osiyo xattotlik tarixi va asosiy xat turlarining shakllanishi”, Ibragimov Shomirza Nurmirza o‘g‘lining “Unvonud dalil” asarida xattotlik masalalarining yoritilishi”, Boboqulova Gulmira Eshonqul qizining “Mafluj devoni matniy tadqiqi”, Mahamatxonova Muxlisa Axroljon qizining “Saolibiyning “Kanzul kuttab” asarida kotiblar faoliyatining yoritilishi”, Soliyev Elyorbek Muxammatmo‘sa o‘g‘lining “O‘zbekcha tafsirlarning takomil tadriji va matniy xususiyatlari” va Vohidova Muxlisa Abdumalik qizining “Foyiq devoni manbalari tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiyalari hay’at a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi va yuqori baholandi.


Dissertantlar o‘z magistrlik ishlarida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik qo‘lyozmalar instituti, ToshDOʻTAU qoʻlyozma va toshbosma adabiy manbalar fondi, turli muzeylar, shaxsiy kutubxonalarda saqlanayotgan  manbalarni tadqiqot ob’yekti sifatida foydalanib, jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan, yangi  ijodkorlarni kashf qilish, matnshunoslikning nazariy masalalarini ishlab chiqish, asliyat va tabdil muammolari, xattotlik san’atini rivojlantirish masalasi, mumtoz matnlarni nashr qilish bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari xususida o‘z xulosalarini taqdim etdilar.