Yangiliklar

img
Wed, 12/06/2023 - 18:26

Yosh konstitutsiya bilimdonlari bellashuvi

Joriy yilning 6-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan "Yosh qomuschilar" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.  Ko'rik tanlovda Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti 1-bosqich talabalaridan tashkil topgan  3 ta jamoa, 3 ta shart bo'yicha  musobaqada qatnashishdi. Ushbu tadbirda universitetimizning yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor v.v.b. G.Jo'rayeva, bo'lim boshlig'i N. Razzakova, dekan o'rinbosari J. Norqo'ziyev va fakultet tyutorlari talabalarni baholab borishdi. 
 Musobaqa  natijalariga ko'ra:
"Hurriyat" 30 ball. 
 "Huquqshunoslar" 30 ball.
"Adolat  qanotlari" 29 ball bilan baholanishdi. Tadbir so'ngida ishtirokchilarga estalik sovg'alari topshirildi..