
Mon, 10/28/2024 - 18:01
Yosh avlod ma'rifati yo'lida
Universitetimiz O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida adabiyotsevar vatandoshlarimiz, kitobxon talaba yoshlar bilan muloqotlar qilib keldi. Termiz davlat pedagogika instituti jamoasi ishtirokida viloyat markazidagi muhtasham San'at saroyida, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hamda Termiz iqtiodiyot va servis universitetida, ixtisoslashgan va umumta’lim maktablarida tashkil etilgan ijodiy uchrashuvlarda qatnashdi. Yosh avlod ko‘ngliga ma’rifat yog‘dularini ulashdi. Tadbir “O‘zbekiston-24” va Surxondaryo telekanallarida yoritildi.