“Yoş munaqqid” tögaragining ilk maşğuloti
9-noyabr kuni Özbek adabiyoti va uni öqitiş metodikasi kafedrasi qoşida filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Sevinçoy Yoqubova rahbarligida taşkil etilgan “Yoş munaqqid” tögaragining ilk maşğuloti bölib ötdi.
Dastlabki maşğulot doirasida filologiya fanlari doktori, professor, taniqli adabiyotşunos olim Islomjon Yoqubov iştirokida “Söz tanlaş san’ati. Oddiy sözdan badiiy obrazgaça” mavzusida adabiy uçraşuv taşkil etildi.
Suhbat davomida badiiy adabiyotda sözning estetik va badiiy vazifasi, ijodkorning söz tanlaş mahorati, söz va obraz munosabati hamda badiiy tafakkurning öziga xos xususiyatlari xususida fikr almaşildi. Professor Islomjon Yoqubov özining ilmiy kuzatişlari, tahliliy mulohazalari va hayotiy misollari orqali badiiy matnni anglaş, uning mazmuniy qatlamlari va estetik mohiyatini oçib berişning muhim jihatlariga e’tibor qaratdi.
Uçraşuv yoşlarning adabiy asarga şunçaki mutolaa obyekti sifatida emas, balki çuqur tahlil va mustaqil muşohada talab etadigan badiiy hodisa sifatida yondaşiş könikmalarini şakllantirişga xizmat qildi. Xususan, asardagi sözlarning ma’no nozikliklarini ilğaş, muallifning individual uslubini anglaş va bildirilayotgan adabiy-estetik qaraşlarni ilmiy dalillar bilan asoslaş masalalari muhokamaning asosiy yönalişlaridan böldi.
“Yoş munaqqid” tögaragining faoliyati talabalarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş, badiiy matn tahlili könikmalarini mustahkamlaş, mustaqil adabiy-estetik qaraşlarini şakllantiriş hamda ilmiy va ijodiy izlanişlarga yönaltirişga qaratilgan.
Mazkur adabiy uçraşuv tögarak faoliyatining mazmunan boy va ilmiy yönalişda taşkil etilişiga zamin yaratgan muhim boşlanğiç maşğulot böldi.

