Yangiliklar

img
Wed, 01/24/2024 - 18:46

Yong'in xavfsizligiga rioya qiling!

2024-yilning 24-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Yakkasaroy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Karimov Begzod   Yakkasaroy tumanida ijarada yashayotgan talabalar hamda  yong’in xavfsizligi xodimlari ishtirokida is gazidan zaharlanish, yong‘in xavfsizligiga bag‘ishlangan profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitet Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori O.Jamoldinova ochib berib, talabalar uchun yong‘in xavfsizligi xodimlarining ma’lumotlari va ko‘rsatmalari qanchalik muhimligi haqida aytib o‘tdi. 
Yakkasaroy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i O‘lmas Muhammadjonov va bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Karimov Begzod tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Shuningdek, bugungi kunda Toshkent shahrida aholining ehtiyotsiz va e’tiborsiz isitish tizimlaridan foydalanishi natijasida ro‘y bergan halokatli hodisalar haqida to‘xtalib o‘tdi. Tadbirdan so‘ng universitet hovlisida yong‘in sodir bo‘lganda qanday yo‘l tutish kerakligi, voqea joyida ishlash, o‘t o‘chirish jarayonlari ko‘rsatib berildi.