Yangiliklar

img
Thu, 11/23/2023 - 10:27

Yongʻin xavfsizligi oyligi

Bugun 22- noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yakkasaroy tumani bo‘limi  bilan hamkorlikda 2023- yilning 15-noyabrdan  15-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar ishtirokida yong‘inlar, is gazdan zaharlanishni va havo gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq  holatlarni oldini olish, xavf tugʻilganda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan davra suhbati  hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda  Yoshlar masalalari  va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha  birinchi prorektor v.v.b G.Jo‘rayeva,  Yakkasaroy tuman FVBP va NB inspektori leytenantlari D.M.Akramov, S.U.Bekbayev, Mehnat va fuqaro muxofazasi bo‘lim boshlig‘i S.Samatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi X.Ubaydullayev, dekan o‘rinbosari J.Norqo‘ziyev, A.Qurbonov, professor-o‘qituvchilar, Universitet yoshlar ittifoqi BT yetakchisi U.Murodullayev, fakultet tyutorlari ham ishtirok etishdi.