Yangiliklar

img
Sat, 12/25/2021 - 13:08

Yil sarhisobi: Xorijiy tillar kafedrasi

2021-yil natijalari haqida kafedra mudiri, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Rashidova Nargiza Baxtiyarovna bunday deydi:
-“Xorijiy tillar” kafedrasi 2021-yil 6-sentyabrda “Sharq tillari” kafedrasi tarkibiga rus, fransuz va nemis tillari qoʻshilgan holda tashkil etilgan. Kafedrada 24 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat olib boradi. Shulardan besh nafari ilmiy salohiyatga ega professor-oʻqituvchilar. Ularning ilmiy izlanishlaridan ilhomlanib, qolgan oʻqituvchilar ham ilmiy ishlarni boshlab yuborishgan. Birgina joriy oʻquv yilida kafedramiz aʼzolari tomonidan 4 ta monografiya tayerlanib, chop etildi. Shuningdek, xorijiy jurnallarda 15 ga yaqin, mahalliy jurnallarda 20 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etildi. Kafedra aʼzolari tomonidan dunyo 1000 taligiga kiruvchi xorijiy OTMlarda maʼruzalar oʻqildi. 3 nafar professor-oʻqituvchi tomonidan til darajasini aniqlash boʻyicha mahalliy va halqaro sertifikatlar qoʻlga kiritildi, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar tayerlanib nashrga topshirildi.  
Kafedramiz  professor-oʻqituvchilari barcha fakultet talabalari uchun arab, fors, rus, fransuz va nemis tillaridan dars berishadi. Joriy oʻquv yilidan boshlab talabalarga chet ellik professor-oʻqituvchilarning onlayn darslari ham yoʻlga qoʻyildi. Talabalar buni juda katta qiziqish bilan kutib oldilar.  Tilni mukammal oʻrganaman, chuqquroq oʻzlashtiraman degan talabalar uchun  qator toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻydik. Hozirda bu toʻgaraklarga qatnashuvchi talabalar soni 200 ga yaqinlashib qoldi.
Kafedrada maʼnaviy-maʼrifiy sohada ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, arab tiliga tarjima qilingan oʻzbek adiblarining asarlari taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda Arab mamlakati adbilari, elchilar, mamlakatimizning katta olimlari ishtirok etdi. 
 Rus tilini oʻrganuvchi talabalar uchun Ataqoʻzi Azizov xotirasiga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi. Oʻzbek olimining faoliyati va  ahamiyatga va oʻrganishga molik ishlari bilan yaqindan tanishtirildi. 
“Rossotrudnichestvo” tashkiloti vakillari bilan uchrashuvda memorandum imzolashga kelishildi, ular talabalar tomonidan rus tilida tayyorlangan adabiy-maʼrifiy kechada ishtirok etishdi.  Tadbir ularda katta taassurot qoldirdi.   
Shu oʻrinda aytishim kerakki, universitetimiz rektori Sh.Sirojiddinov biz oʻqituvchilarni har jihatdan qoʻllab-quvvatlab keladi. Universitetda yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlardan foydalangan holda,   2022-yildagi rejalarimizni ham kafedramiz aʼzolari bilan hamjihatlikda amalga oshirishimizga, universitetimiz nufuzini yanada koʻtarishda oʻz hissamizni qoʻshishimizga  ishonaman.