Yetuk olimni xotirlab
2022-yil 14-oktyabr kuni Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universitetida professor Otaqo'zi Аzizov xotirasiga bag'ishlangan ilmiy-metodik seminar tashkil etildi. Seminarga universitet Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori N.Normurodova, universitet oʼquv ishlari prorektori S.Normamatov, "Rossotrudnichestvo" taʼlim ishlari boʼyicha masʼul Irina Vladimirovna Suljina, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulьteti dekani А.Qodirov, Xorijiy tillar kafedrasi mudiri N.Rashidova hamda O.Аzizovning oʼgʼli А. Аzizov, Moskva davlat politexnika universiteti professori Y. Panova, Til nazariyasi kafedra mudiri, professor Z. Xolmonova va kafedra oʼqituvchilari taklif etildi. Mazkur seminarni Xorijiy tillar kafedrasi mudiri N.Rashidova ochib berdi. Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor N.Z.Normurodova soʼzga chiqib, Otaqoʼzi Аzizov faoliyati haqida gapirdi. Аzizov Otaqoʼzi – tilshunos olim. Oʼzbekistonda va Qoraqalpogʼistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi. Filologiya fanlari doktori, professor Rossiya Federatsiyasi Taʼlim akademiyasining chet el muxbir aʼzosi, Toshkent pedagogika instituti dotsenti, Toshkent qishloq xoʼjaligi instituti, Toshkent kechki pedagogika instituti, Toshkent davlat universitetida rus tili kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Seminar ishtirokchilari, mehmonlari oʼzbek tilshunosligi, leksikografiyasi, rus va oʼzbek tillarini qiyosiy oʼrganishga oid monografiya, darslik, ilmiy maqolalari bilan fan taraqqiyotiga katta hissa qoʼshgan olim haqida ustoz va talabalarga kerakli maʼlumotlarni berishdi.
Kafedra aʼzolari va mehmonlar oʼrtasida savol-javoblar oʼtkazildi. Har bir kafedra aʼzosi oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


