Fri, 10/14/2022 - 15:24
Yashil olamni asraylik
Butun dunyoda yashil makonlarni, kengaytirish, daraxtlarni asrab-avaylash, tabiiy kislorod manbalarini ko‘paytirish tendensiyasi kechmoqda. O‘zbekistonda ham bu borada qator ishlar olib borilmoqda. Universitetimizning Buxgalteriya va Xo’jalik bo’limi xodimlari prezidentimizning "Yashil makon dasturiga o’z hissalarini qo‘shish maqsadida universitetimizda mavjud bo‘lgan mevali va manzarali daraxtlarni hashoratlardan tozalab, qishgi uyquga ketishiga ko‘mak berishmoqda.
Universitetimizning tozaligini ta'minlash, o‘zimiz nafas oladigan havoning ifloslanmasligiga harakat qilishimiz shart.
Aziz talabalar, siz ham tozalikka rioya qiling, yashil o‘simliklarni asrab-avaylash burchimizdir!



