Yangiliklar

img
Sun, 04/03/2022 - 12:03

"Yashil makon" loyihasida ishtirok eting!

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda “Yashil makon” loyihasi o’tkazilayotgani hammaga ma’lum. Jumladan, shu yilning 2-aprel kuni Yakkasaroy tumanining ko’plab mahallalarida “Yashil makon” loyihasi doirasida  bog’cha, maktab va ko’chalarga gul ko’chatlari hamda manzarali daraxtlar ekildi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining O’zbek filologiyasi fakulteti dekani muovini A.Qurbonov, fakultet tyutor va talabalari ham mazkur tadbirda faol ishtirok etishdi.