
“Yashil makon” loyihasida ishtirok eting!
Ilgari maʼlum qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda joriy yilning 1-mart sanasidan “Yashil makon” umummilliy tadbiri boshlandi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ham mazkur “Yashil makon” loyihasida qatnashib, universitet hovlisiga 100 tup qaragʻay, 50 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilgan edi.
Shuningdek, joriy yilning 31-mart kuni universitetimiz rektori Shuhrat Sirojiddinov tashabbusi bilan universitet hududidagi mavjud barcha daraxtlar turli kasalliklar va hasharotlarga qarshi dorilandi.
Bu tashabbus tabiatni asrash va daraxtlar kasalllanishini olish uchun samarali usul hisoblanadi. Amaliyot soha mutaxassislari tomonidan maxsus vositalar yordamida amalga oshirildi.
Aziz talabalar! Ushbu xayrli ishga Siz ham o'z hissangizni qo'shing. Tabiatni asrash, avaylash hamda jonajon universitetimiz hududining ozodaligi barchamiz uchun juda muhimdir. O'zingiz tahsil oladigan auditoriyalarni, bizga o'z quchog'ini ochadigan universitet binosini hamisha pokiza saqlaylik!