Yangiliklar

img
Mon, 09/26/2022 - 17:22

Yashash uchun ming sabab

2022-yilning 26-sentabr kuni ToshDO‘TAU psixologi Y. G‘aybullayeva tashabbusi bilan trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.  
Erta tongdan "Yashash uchun ming sabab" mashg‘uloti olib borildi. Bu amaliyot talaba yoshlarning ruhiy energiyasini yaxshilab, ularda hayotsevarlik, nekbinlik tuyg‘ularini oshirishga  yordam beradi.  
Talabalar hayotga teran boqishlari, atroflaridagi ne'matlarni qadrlashga o‘rganishlari juda muhim.  Bu borada amaliyotchi psixologlar faoliyati zarurdir.


Yuqoridagi amaliyot yoshlarda shukronalik hisini uyg‘otishga, imkoniyatlardan to‘la foydalanishga o‘rgatadi.

Kunning ikkinchi yarmida psixolog TTJlarda istiqomat qiluvchi talaba qizlar bilan suhbat o‘tkazdi.  Ularning muammolarini tingladi. 
Talabalar uchun bunday suhbatlar g‘oyat muhimdir