
Yaponiyaning Yohakama universiteti granti sovrindoriga aylaning!
Oʻzbekiston Respublikasining Tokiodagi elchixonasi ma’lumotiga muvofiq, Yaponiyaning Yokohama Milliy universiteti (Yokohama National University) tomonidan 2022-2023 o‘quv yiliga doktorantura dasturida
tahsil olish uchun stipendiya tanlovini e’lon qiladi. Berilgan ma’lumotga ko‘ra, mazkur stipendiya Akademik martabani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha global doktorlik dasturi (Global Doctoral
Program for Academic Career Support, GDACS) bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasidan 2022-yil oktabr yoki 2023-yil aprel oylarida doktoranturaga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Dastur universitet o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarni kirish va o‘qish to‘lovlardan ozod qiladi va muvaffaqiyatli talabalar uchun oylik 100 ming yen (taxminan 1 ming AQSh dollari) stipendiyasi bilan ta’minlaydi.
Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2022-yil 13-mart.
Yohakama universitetiga hujjat topshirish uchun