Yangiliklar

img
Thu, 12/25/2025 - 11:19

“Yangi yil — sizsiz bo‘lmaydi”: Universitetda bayramona karnaval va Rektor kubogi o‘tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Yangi yil munosabati bilan “Yangi yil — sizsiz bo‘lmaydi” nomli bayramona karnaval bo‘lib o‘tdi. Tadbir talaba-yoshlar uchun ko‘tarinki kayfiyat va bayramona muhitda tashkil etildi. Karnaval doirasida 2025/2026-o‘quv yili Rektor kubogi uchun “Quvnoqlar va zukkolar” o‘yini o‘tkazildi. Musobaqada Bojalar, MIX va TNT jamoalari ishtirok etib, qiziqarli hazillar, noodatiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari bilan tomoshabinlar e’tiborini tortdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
Bojalar — 1-o‘rin va 5 mln so‘m
MIX — 2-o‘rin va 4 mln so‘m
TNT — 3-o‘rin va 3 mln so‘m

Shuningdek, tadbir davomida Qorbobo va ertak qahramonlari ishtirokidagi chiqishlar, iqtidorli talabalarning kuy-qo‘shiqlari va sahna namoyishlari bayramga yanada fayz bag‘ishladi. Mazkur karnaval kulgu, quvonch va yorqin lahzalarga boy bo‘lib, universitet jamoasi va talabalarga unutilmas bayramona taassurotlar ulashdi.