
Yangi qo'llanma chop etildi
"Jahon adabiyoti va universal adabiyotshunoslik" kafedrasi mudiri U.Jo'raqulov va kafedra dotsenti K.Hamrayev hammuallifligida "Qiyosiy adabiyotshunoslik" nomli o'quv qo'llanma nashr etildi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada jahon xalqlariga xos tarixiy, madaniy, falsafiy, estetik, adabiy hodisalar o‘rtasidagi tipologik xususiyatlar, adabiy aloqalar, tarjima va tarjimashunoslik masalalari xususida so‘z yuritiladi. Qiyosiy adabiyotshunoslik ilmi xulosalari asosida tasnifiy istifoda etilgan ilmiy-adabiy manbalar jahon adabiyotining ilk davrlaridan bugungi kungacha bo‘lgan namunalarini qamrab oladi. O‘quv qo‘llanma mavzulari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fani o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.
“Qiyosiy adabiyotshunoslik” deb nomlangan ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlarining gumanitar fakultetlari talabalari uchun mo‘ljallangan.