Yangiliklar

img
Fri, 06/23/2023 - 20:06

Yangi O‘zbekistonning yangilangan Konstitutsiyasi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar eng avvalo, inson qadrini ulug‘lash,  aholi turmush darajasini yana-da yaxshilash, kuchli huquqiy,  ijtimoiy davlat qurish singari ko‘plab ezgu maqsadlar yotibdi.  Bunday islohotlarning boshida , albatta, ziyolilar turadi.  Shuni anglagan holda ziyolilarni har bir islohotning tub mohiyatini anglashlariga ko‘maklashish,  ularning siyosiy faolligini oshirish maqsadida davra suhbatlari,  ochiq muloqotlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi. 
23-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti pedagogik jamoasi uchun Toshkent davlat yuridik universiteti dekani,  huquq fanlari bo‘yicha falsafa doktori Otabek Bobojonov ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.  Tadbir "Yangi O‘zbekistonda yangi Konstitutsiya" deb nomlanib, unda O'zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun mohiyati, unda ilgari surilgan yangi normalar,  huquq va majburiyatlar haqida batafsil so‘z bordi.


Huquqshunos Otabek Bobojonov O‘zbekiston ijtimoiy davlat sifatida qanday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olayotgani, bu mamlakat aholisi hayotida qanday ijobiy o'zgarishlarga asos bo'lishini moddama-modda,  bandma-band tahlil qilib berdi.


Xususan,  o‘qituvchilar sha'ni va obro'sini mustahkamlash, ta'lim tizimini xalqaro andozalar asosida tashkil etish,  xalqning iqtisodiy farovonligini kafolatlash borasida kiritilgan yangi moddalar haqida atroflicha ma'lumot berildi.


Suhbat davomida professor-o'qituvchilar o‘z savollariga batafsil javob oldilar. Tadbir yakunida mehmon universitet jamoasiga yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir nechta nashrlari va huquqiy madaniyatni oshirishga ko‘maklashuvchi kitoblar sovg‘a qildi.