Yangiliklar

img
Sat, 12/09/2023 - 14:03

Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari

O‘zbekistonda inson huquqlarini rag‘batlantirish, himoya qilish va unga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bugun mamlakatimizda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga tizimli va bosqichma-bosqich implementasiya qilishning o‘zbek modeli shakllandi. 
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-sentabrdagi 02/02-02/2-98-sonli xati bo‘yicha “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusiga alohida etibor qaratilishi va 2023-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlarda ayollar, bolalar va yoshlar huquqlari masalalari qamrab olinishini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasining 1-bandida “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida, “Bilimlar kuni”da oliy ta’lim muassasalarida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusiga bag‘ishlangan darslar o‘tkazish vazifasi belgilangan.

Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusiga bag‘ishlangan darslar Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.
Dars mobaynida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning bugungi kundagi dolzarb ahamiyatli xususiyatlari va inson huquqlari garovining bosh omili ekanligi ta’kidalanib, inson huquqlari doirasida olib borilayotgan islohotlarning asosi “Yangi O‘zbekiston” ekanligi talabalarga ma’ruzalar va slaydlar orqali tushuntirildi.