Yangiliklar

img
Thu, 11/23/2023 - 10:34

Yangi o'zbek romani taqdimoti

22-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yozuvchi Orziqul Ergashevning “Oqar daryo” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda shoirlar, yozuvchilar, adabiyotshunoslar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvni professor Bahodir Karim olib bordi. Tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron, adabiyotshunos Olim To‘laboyev, shoir va tarjimon Ochil Tohir, “Akademnashr” nashriyoti direktori Sanjar Nazar so‘zga chiqdi.
– Orziqul, hayot va ijod yo‘llarimdagi eng yaqin do‘stim, maslakdoshimdir, - dedi Xurshid Davron. – Uning yaratgan qahramonlari o‘quvchi yuragini larzaga solmay qo‘ymaydi. Har bir yozgan asari, u bilan birga o‘tgan bolaligim kabi qadrlidir. Yozganlari o‘qirman qalbini tozalaydi, ruhiy quvvat beradi.
Taqdimot davomida shoirlar - Shodi Otamurod, Muhiddin Abdusamad, Mansur Jumayev muhabbatni tarannum etuvchi she’rlaridan o‘qidi.

  

– Orziqul aka, juda samimiy inson. Bu qiyofani esa uning asarlarida ham ko‘rish mumkin, - dedi Sanjar Nazar. – Shu o‘rinda o‘ziga xos muharrirlik maktabini yaratgan adibdir. Nashriyotimiz esa,  yana bitta yaxshi asarni chop etib, ommaga yetkazishga hissa qo‘shganidan mamnunmiz.
Muallif o‘z nutqida romanning yozilish jarayoni, undan umr lahzalari o‘rin olgani, uning mohiyati haqida so‘zladi. Talabalarning hayotiy va ijodiy faoliyatiga oid savollarigjavob berdi. Adib yoshlarga yangi kitobini sovg‘a qildi.