Yangiliklar

img
Fri, 08/19/2022 - 14:25

Yangi o’quv yili oldidan

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida yangi 2022-2023- o’quv yili oldidan muhim yig’ilish o’tkazilda. Yig’ilishda o’quv jarayonini tashkil etish, elektron ta’lim tizimi bilan ishlash, o’qitiladigan fanlarning me’yoriy hujjatlari ustida ishlash, o’quv-uslubiy jihatdan zarur yakuniy qarorlar qabul qilish bo’yicha takliflar o’rtaga tashlandi. Barcha fakultet dekanlari va kafedra mudirlari, bo’lim boshliqlari ishtirok etgan mazkur yig’ilishda professor-o’qituvchilarning ish tartibi, fanlarga ajratilgan o’quv soatlari, kredit modul tizimiga asoslangan o’quv rejalarining bajarilishiga oid ko’plab savollarga javob berildi. 
ToshDO’TAUning o’quv ishlari bo’yicha prorektori Sultonbek Normamatov ta’lim jarayoniga doir rejalashtirilayotgan muhim vazifalar va ularning ijrosi bo’yicha batafsil ma’lumot berdi. O’quv jarayonini to’g’ri tashkil etishga doir muhim vazifalar taqsimlandi. Nashr etilishi rejalashtirilayotgan darslik va o’quv-qo’llanmalar ustida ishlash, mavjud muammolarni bartaraf etish bo’yicha zarur tavsiyalar berildi. 
HEMIS tizimiga ma’lumotlarni yuklash va yangi o’quv yili oldidan barcha professor-o’qituvchilarning tizim bilan ishlash savodxonligini oshirish bo’yicha muhim topshiriqlar berildi. Yangi o’quv yilini muvaffaqiyatli o’tkazishda ahiluniversitetimiz jamoasiga omad tilaymiz.