Yangiliklar

img
Fri, 05/19/2023 - 18:16

Yangi nashr: “Nutq hududiy xoslanishining lingvistik ekspertizasi”

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi To‘rayeva Dildora Anvarovnaning  “Nutq hududiy xoslanishining lingvistik ekspertizasi” nomli monografiyasi chop etildi.
Ushbu monografiyada muammoli va anonim yozishmalarning lingvistik ekspertizasini amalga oshirish sud-huquq tizimi va tilshunoslik sohalarining muammosi ekanligi, yozishmalardagi noadabiy unsurlarning lingvistik tahlili har ikki soha uchun ahamiyatli ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan; o‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda til birliklarining hududiy xoslanishiga oid nazariy fikrlar umumlashtirilgan; fonetik, leksik, grammatik birliklarning arealogik munosabatini aniqlashning sud-huquq tizimiga ijobiy ta’siri ochib berilgan;  yozishmalarda hududga aloqador birliklar aniqlangan va ilmiy asoslangan; o‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda hududga aloqador birliklarni aniqlash va shu orqali matn avtorizatsiyasini yaratish masalasining nazariy asoslari berilgan; yozishmalarda noadabiy unsurlarni aniqlashga doir metodlarni amalga oshirish tartiblari takomillashtirilgan.
Monografiya o‘zbek tilidagi muammoli va anonim yozishmalarni lingvistik jihatdan o‘rganish va yozishmalardagi noadabiy unsurlarni tahlil qilish nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunos-ekspertlarga mo‘ljallangan.