Yangiliklar

img
Wed, 12/20/2023 - 20:22

Yangi nashr: “Manglaydagi yoziq”

2023-yil 20-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti qoshidagi “Yosh munaqqid klubi” tomonidan yozuvchi Ma’mura Zohidovaning “Manglaydagi yoziq (qissalar)” kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirni “Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik” kafedrasi mudiri f.f.d., professor Uzoq Jo‘raqulov olib bordi. Tadbirni universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Odina Jamoldinova ochib berdi. Shuningdek, shoir Aziz Said, f.f.d., prof. Islomjon Yoqubov, f.f.f.d., dotsent Komiljon Hamroyev so‘zga chiqib, “Manglaydagi yoziq”, “Boychechak”, “Sadoqat” qissalari haqida chuqur tahlil va fikr-mulohazalarini bildirishdi. Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga muallifdan javob olishdi.  Qizg‘in bahs-munozara tarzida o‘tgan taqdimot yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.