Yangiliklar

img
Sun, 06/26/2022 - 12:26

"Yangi nafas" yugurish marafoni

Bir vatanda, bir vaqtda, bir xil masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz!
2022-yilning 26-iyun kuni Toshkent shahrida “Yangi nafas” yugurish marafoni bo’lib o’tdi.


Bugun erta tongdan mamlakatimizning sakkizta shahrida “Yoshlar kuni” va “Xalqaro olimpiya” kuniga bagʻishlangan “Yangi nafas” yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi. Yugurish marafoni mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga alohida eʼtibor berish, aholining barcha qatlamlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini yangicha formatda keng targʻib etish maqsadida tashkil etildi.  


Marafonda  jamoat arboblari, sport ustalari,  umumtaʼlim va sport maktablarining oʻquvchilari, oliygoh talabalari qatnashdi. Yugurish masofasi 3 kmni tashkil qildi. Mazkur musobaqada Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i Akmal Ikromov boshchiligidagi talabalar jamoasi ham faol ishtirok etdi.

 Jumladan, yigitlardan Amaliy filologiya fakulteti 1-kurs talabasi Toxirov Jamshid va

qizlardan Tarjima nazariyasi fakulteti 1-kurs talabasi Qo'chqorova Marjona 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

Toshkent shahrining markaziy ko'chalari bo'ylab tashkil etilgan "Yangi yugurish" musobaqasi minglab ishtirokchilarni qamrab oldi.