Yangi kitoblar nashrdan chiqdi
To'yga to'yona bilan kelish xalqimizga xos fazilat. O'zbek tili kuni arafasida universitetimiz professori, filologiya fanlari doktori Zulxumor Xolmonova va tadqiqotchi Dilnoza Nasriyevalar muallifligida O'zbek shevalaridagi lakunar birliklar lug'atining I qismi nashr etildi. Bu tilimizning o'ziga xos jozibasini, muqobili yo'q leksik birliklarimizning yaxlit bazasini o'z ichiga olgan lug'atdir.
Lug'atning ikkinchi qismida shevalarimizdagi so'z xazinasini jamlash maqsad qilingan bo'lib, bu xayrli ishda siz ham ishtirok etishingiz mumkin.
Ikkinchi nashr buyuk tilshunos olim Shavkat Rahmatullayevning diplom ishi (bitiruv malakaviy ishi)dir. Tilimiz taraqqiyotida ustozning alohida xizmatlari borligini hisobga olsak, bu noyob kitob yosh tadqiqotchilarga, talabalarga ilhom berishi, ko'proq ishlashga undashi, shubhasiz.

