
Yangi kitob nashrdan chiqdi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan talaba-magistrantlar, soha mutaxassislari, qolaversa, xalq og‘zaki ijodi ixlosmandlari uchun navbatdagi tuhfa nashrdan chiqarildi. “Xalq ijodiyoti namunalari” deb nom olgan mazkur to‘plam f.f.d. Shomirza Turdimov mas’ul muharrirligi ostida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ilhom Sayitqulov tomonidan nashrga tayyorlangan bo‘lib, undan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2021-yillarda tahsil olgan magistrantlar tomonidan yozib olingan folklor namunalari materiallari o‘rin olgan.