
Yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘rtasida Start Up loyihalar tanlovi natijalari e’lon qilindi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-son Qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandiga muvofiq universitet miqyosida yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘rtasida startap loyihalar tanlovini e’lon qilgan edi.
Tanlovga jami 14 ta loyiha kelib tushdi. “Start Up” loyihalar tanlovining yakuniy bosqichi 2022-yilning 11-mart kuni o‘tkazildi. Komissiya a’zolari talabgorlarning taqdimotlari hamda savol-javoblar asosida texnik jihatdan startap talablariga mos keladigan hamda yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha 5 ta loyihani tanlab oldilar.
Bular quyidagilar:
1. Amaliy filologiya fakulteti noshirlik ishi yo’nalishi 2-kurs talabasi Xurramova Aziza - “Alpomish” dostonining elektron mobil ilovasini yaratish;
2. Amaliy filologiya fakulteti 3-kurs talabasi Berdiyev Azizbek -Frazeologik birliklar zaxirasi mobil ilovasini yaratish;
3. Amaliy filologiya fakulteti noshirlik ishi 3-kurs talabalari - Narzulloyev Aslambek, G‘aybullayeva Parvina, Musoxonov Asliddinxon, Ukuboyev Navruz - Universitetning virtual sayohatini yaratish;
4. Tarjima nazariyasi va amaliyoti 4-kurs talabasi Ozodaxon O‘ktamova - Successful females
5. O‘zbek filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi - Mirnosirova Dilbar - “Oʻzbek bolalarining leksik assotsiatsiyalari lugʻati”ni yaratish.
Biz barcha talabalarni tabriklaymiz va yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘rtasida “Start UP” loyihalar tanlovining 2-turini e’lon qilamiz!