Yangiliklar

img
Mon, 12/18/2023 - 14:14

Yangi ijtimoiy loyiha: "Qizlar gapirsin"

Xabarlaringiz bor,  mazkur yil jamoamiz sa’y-harakatlari bilan  ToshDOʼTАU xalqaro reytinglarda TOP-600+ universitetlar roʼyxatiga kirdi. Xususan, THE reyting agentligining Impakt reytingida ToshDOʼTАU gender tengligi taʼminlash boʼyicha dunyoning eng kuchli 20 ta universitetidan biri boʼldi. Qisqa vaqt ichida ijtimoiy muammolarni bartaraf etish boʻyicha oʻz yoʻnalishimizni belgilab oldik va moʻjazgina platforma yaratdik. Shu platformaning bir qismi sifatida YouTube tarmogʻida maxsus podcast boshlash gʻoyasi tugʻildi. 
Yoz oylarida yangi “Qizlar Gapirsin” podkastining bir nechta sonini suratga oldik, montaj ishlarini tugatib, YouTube’ga yukladik bugun.
"Qizlar gapirsin" – bu jamoamizning ijtimoiy loyihasi bo'lib, unda jamiyatdagi gender tenglikni ta'minlash masalalari, xotin-qizlarni qiynayotgan ayrim muammolarga yechimlar taklif qilinadi.  Podkastimizning dastlabki sonlarida aynan qizlarimizni ruhlantira oladigan, oddiy o’zbek qizlarining barcha sohalarda muvaffaqiyatga erishishi mumkinligi haqida o’z tajribalati bilan oʻrtoqlashadigan, millatimiz faxri bo’lgan o’zbek ayollarini ko’rishni niyat qildik va shunga mos exspertlarimizni taklif qildik.
“Qizlar gapirsin”podkastining 1-soni mehmoni Kanadaning British Kolumbiya universiteti professori, faol ayol, shoira Dilsora Komil bo’ldilar. Feminizm borasida juda qiziqarli suhbat olib borildi. Podkastimiz ikkinchi soni mehmoni manbashunos olima, A.Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, Hilola Nazirova bo’ldilar.  Hilola Nazirova bilan qadim tarixdan to bugungi kungacha tariximizda ayollarning tutgan oʻrni haqida gaplashildi.