Yangiliklar

img
Tue, 09/06/2022 - 10:47

Yangi adabiyot darsliklari - ta'lim tizimiga yangicha yondashuv!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari uchun yangi yondashuvdagi 8- va 9-sinf Adabiyot darsliklari ishlab chiqildi. Ushbu darslik mualliflari tarkibida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti metodist olimlari va iqtidorli tadqiqotchilari borligi bizni quvontiradi. Yangi avlod darsliklarini yaratishda Jamoliddin Nurmuhammedov, Saodat Qambarova, Mahmuda Yoʼldosheva, Surayyo Inomjonova, Orifjon Olimjonovlar  ishtirok etishdi. 
Batafsil ushbu videolavhada ma'lumotga ega bo'lasiz: 

Ushbu darslik o‘quvchilarning ijodkorlik, yaratuvchanlik, kreativ fikrlash, didaktik tahlil va asar matni ustida mushohada yuritish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, birinchi marta adabiyot darsligiga “Adabiy laboratoriya” kiritildi. 
Mazkur adabiyot darsliklarida o'quvchilar nafaqat mutolaa qilish, balki audio matnlarni ham tinglash imkoniyatiga ega bo'lishadi.