Yangiliklar

img
Sat, 12/23/2023 - 17:52

“Yaldo kechasi” oʻtkazildi

22-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida  Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Yaldo kechasi”  (“Shabe yaldo") kuni nishonlandi. Tadbirda Eronning O'zbekistondagi elchixonasi madaniyat bo'yicha konsuli Amir Said Karimi va Eron musiqiy ansambli mehmon sifatida tashrif buyurdilar. Fors milliy raqslari, sahna koʻrinishlari universitet talabalari tomonidan mahorat bilan ijro etildi.   Tadbirda "Yaldo kechasi" haqida ma'lumot berildi, fors tili bilimlarini sinovchi viktorina, musiqiy chiqishlar mehmonlarga xush kayfiyat bag'ishladi. Shuningdek, Eron musiqiy ansambli taronalari ham diltortar ohanglari bilan tadbirga shukuh bag'ishladi.
Tadbirdan keyin ToshDO'TAUda "Eron tili va madaniyati markazi"ni ochish bo'yicha muzokaralar olib borildi.