
Wed, 06/01/2022 - 17:32
“Yagona olimpiada-2022”
“Yagona olimpiada-2022”ning yakuniy bosqichi tadbirlari doirasida Toshkent islom instituti bilan Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida “Husnixat durdonalari” nomli xattotlik koʻrgazmasi tashkil etildi.
Koʻrgazmada Toshkent islom instituti Xattotlik toʻgaragi va Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik mutaxassisligi 2-kurs magistrantlari tomonidan tayyorlangan xattotlik namunalari namoyish etildi.
Maʼlumot uchun, Toshkent islom instituti bilan Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan boʻlib, taʼlim muassasalari oʻquv, ilmiy va maʼrifiy yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qiladi.