Yangiliklar

img
Wed, 03/27/2024 - 20:06

XX asr jadid adabiyoti: vujudga kelishi, yo‘nalishi, namoyondalari, ahamiyati

2024-yil 27-martda O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahakamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Shaxidlar xotirasi jamoat fondi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Mudofaa vazirligi xuzuridagi Jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda Muhammadsharif So‘fizoda tavalludining 155 yilligiga bag‘ishlangan "XX asr jadid adabiyoti: vujudga kelishi, yo‘nalishi, namoyondalari, ahamiyati” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Ushbu anjumanda XX asr taraqqiyparvarlik adabiyotining yirik namoyondasi, shoir Muhammadsharif So‘fizodaning hayoti, faoliyati va jadidchilik harakati hamda milliy-madaniy merosimizda tutgan o‘rni va aрamiyatini yoritishga bag‘ishlangan ushbu anjumanda Respublikaning davlat va jamoat arboblari, taniqli tarixchi, adabiyotshunos olimlar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

  

Anjumanda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov ham ma’ruza qildi. Akademik o‘z ma’ruzasida o‘tgan asr boshlarida yuritimizda vujudga kelgan jadidlik harakatining bosh maqsadi jamiyat taraqqiyoti, yurt ozodligi va  barcha sohalarda innovatsion g‘oyalarni joriy qilish bo‘lganini qayd etdi. Zero  jadidlar Turkiston xalqining yashash tarzini o‘zgartirishni, ularning ma’naviy ongini rivojlantirishni shu bilan birga milliy davlatchilikka ega bo‘lishni istaganlar va bu yo‘lda mollarini ham, jonlarini ham ayamaganlar. Jumladan, XX asr boshlaridagi jadid adabiyotining yirik vakili, shoir Muhammadsharif So‘fizodaning faoliyati va adabiy merosini o‘rganish va targ‘ib etish ham yoshlarimiz tomonidan bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetishlariga, ilm-u ma’rifatga oshno bo‘lib, millat taraqqiyoti uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar qilishlariga undaydi.