Yangiliklar

img
Sun, 09/28/2025 - 19:55

Xushxabar

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Round University Ranking (RUR) reytingida ikkinchi marta qatnashib, natijalarni sezilarli darajada yaxshilab, bu yil kuchli mingtalikka kirishga muvaffaq bo‘ldi.

2025-yilgi RUR natijalariga ko‘ra, universitet:
dunyo reytingida — 733-o‘rin,
O‘zbekiston bo‘yicha esa — 3-o‘rinni egalladi.

Reyting natijalari quyidagicha taqsimlandi:
Ta’lim (Teaching) — 387-o‘rin, 59.073 ball
Ilmiy tadqiqot (Research) — 972-o‘rin, 12.246 ball
Xalqaro inklyuziya (International Diversity) — 670-o‘rin, 46.232 ball
Moliyaviy barqarorlik (Financial Sustainability) — 21-o‘rin, 97.849 ball

Round University Ranking — dunyo miqyosida nufuzli xalqaro reyting tizimlaridan biri bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarini 20 ta indikator asosida baholaydi. Reytingda ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar samaradorligi, xalqaro hamkorlik darajasi va moliyaviy barqarorlik asosiy mezon hisoblanadi.

Universitetimizning ushbu natijalari, avvalo, ta’lim sifati, xalqaro inklyuziya va moliyaviy barqarorlik yo‘nalishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishilganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ilmiy izlanishlar va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish uchun keng istiqbollar mavjud.