Yangiliklar

img
Wed, 10/12/2022 - 09:00

Xushxabar!

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education xalqaro reyting natijalarini eʼlon qildi. Unga ko‘ra Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga reporter maqomi berildi

Ushbu reyting dunyo boʻyicha har yili turli davlatlardagi universitetlarni tadqiqot, taʼlim sifati, xalqaro xilma-xillik, iqtiboslik va sanoat daromadi (bilimlar almashish) boʻyicha baholaydi. Roʻyxatdan oʻrin egallagan ToshDO‘TAU endilikda The World University Rankingsʻning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tan olinib, mazkur yoʻnalishda reyting agentligi bizga yaqindan yordam beradi.
Har yili dunyo bo‘yicha 200 ta universitetga reporter maqomi beriladi.  Bu maqom kelajagi porloq OTMlarni jahon maydonida keng namoyish etish,  ilm ahliga tanishtirish maqsadida joriy etilgan.  
Bu yutuq  bilan universitetimiz jamoasini,  ustoz va talabalarini tabriklaymiz!