Yangiliklar

img
Mon, 06/23/2025 - 13:04

Xusan Minavarov ning dissertatsiya muhokamasi haqida e'lon

2025-yil 25-iyun kuni soat 11:00 da B blokdagi 210-auditoriyada “O‘zbek tilshunosligi” hamda “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedralarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ushbu yig‘ilishda Minavarov Xusan Anorboy o‘g‘lining “O‘zbek va ingliz tillaridagi sudlov terminologiyasi” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilinadi. Mazkur tadqiqot filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan.

Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor S. Normamatov.
Taqrizchilar:
– filologiya fanlari doktori (PhD) G. Komilova
– filologiya fanlari doktori (PhD) K. Abdulloyeva

Ilmiy jamoatchilik, doktorantlar va magistrlarni muhokamada faol ishtirok etishga taklif etamiz!