Yangiliklar

img
Wed, 05/25/2022 - 15:28

“Xotin-qizlar, gender tenglik va oila masalalarini o‘rganish bo‘yicha” Respublika komissiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qaroriga muvofiq, 2022-yilning 24-26-may kunlari Surxondaryo viloyatida “Xotin-qizlar, gender tenglik va oila masalalarini o‘rganish bo‘yicha” Respublika komissiyasi tashkil etildi. Mazkur komissiya Surxandaryo viloyatining mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishini samarali tashkil etish bo’yicha zarur ko’rsatmalar berishmoqda.

Shuningdek, Respublika komissiyasi xotin-qizlar bilan ishlash masalasida namunaviy tizim yaratish, mahalla faoliyatini namunali yoʻlga qoʻyish, ushbu amaliyotni keyinchalik viloyatning boshqa mahallalarida ham ommalashtirish choralarini koʻrish kabi masalalarda o’z tavsiyalarini beradi. Ishchi guruh tarkibida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi Gulnoza Jo‘raeva ham ishtirok etmoqda.

Ana shunday izchillik bilan amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida jamiyatimizda tinchlik  va iqtisodiy barqarorlik ta'minlanmoqda. Kundalik hayotiy tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, xalq farovonligida, jamiyat tinchligida hamda  iqtisodiy barqarorlikda  erkak va ayolning teng huquqliligi muhim o'rin tutadi. Gender tengligini ta'minlash bo'yicha davlat miqyosida ishlab chiqilgan qonunlar va dasturlar ham muhim ahamiyatga egadir.  Ma'lumki, 2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan  “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida” O'zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifatida ma'qullangan.