Yangiliklar

img
Tue, 06/07/2022 - 16:18

Xorijlik professor tomonidan universitetimiz talabalariga ma'ruza mashg'uloti o'tildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “O‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasi” fanidan filologiya fanlari doktori, Me’mor Sinan Go‘zal san’atlar universiteti professori Tanju Seyhan Oralning onlayn ma’ruzalari tashkil etildi.

Ma’ruzalarda  terminologiya va leksikografiyaning rivojlanish tarixi va tamoyillari, lug‘atlarning turlari, leksikografiya sohasidagi muhim tadqiqotlar, turkiy terminologiya va leksikografiyaning dolzarb vazifalari xususida fikr almashildi.

Ma’ruzalar universitet professor-o‘qituvchilari, doktorant va tadqiqotchilar, magistrant va talabalar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi.