Yangiliklar

img
Wed, 05/08/2024 - 17:42

Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy yo‘nalishlar va yangicha yondashuv

2024-yilning 8- may kuni arjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Ingliz tili kafedrasi tashabbusi bilan  “Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy  yo‘nalishlar va yangicha yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda ko'plab mahalliy va xorijlik olimlar ishtirok etdi. Ushbu konferensiya o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va soha mutaxassislari hamda talabalar o‘rtasida muloqot va fikr almashish muhitini yaratishga qaratilgan bo‘lib quyidagi maqsad va vazifalarni o‘z ichiga oladi: 

  • • oliy o‘quv yurtlarida chet tillarini masofadan o‘qitishning innovatsion usullari;
  • • xorijiy tilni o‘qitishda faol va interaktiv texnologiyalar, an’anaviy va noan’anaviy usullar;
  • • xorijiy tilni o‘qitishda kommunikativ yondashuv;
  • • xorijiy tillarni o‘qitish jarayonini optimallashtirishda zamonaviy texnik vositalar va kompyuter texnologiyalari, internet resurslardan foydalanish, mustaqil ta’limni rivojlantirish yo‘llari;
  • • mustaqil ta’limni takomillashtirish yo‘llari.

Anjuman Onlayn ta’lim: muammo va yechimlar, Xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy-innovatsion usullari, Mustaqil ta’limni takomillashtirishda xorijiy tajribaning ahamiyati, Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, Masofaviy ta’lim shaklida xorijiy tillarni o‘qitish usullari, Xorijiy tillarni o‘qitishda kreativ o‘qitish usullaridan foydalanish, Xorijiy tillarni o’qitishda tarjima va adabiyotning o’rni singari sho'balarda ish olib bordi.