Yangiliklar

img
Wed, 05/11/2022 - 20:25

“Xorijiy tillarni o‘qitishda yangicha yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

Joriy yilning  11-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Ingliz tili kafedrasi tashabbusi bilan “Xorijiy tillarni o‘qitishda yangicha yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda 50dan ortiq ilmiy izlanuvchilar,tadqiqotchilar, xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Konferensiyaning asosiy qismida universitetimiz Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Bahodir Xoliqov chiqish qildi.

Shuningdek, konferensiyada Meksika universiteti professori Juan Pablo Quiroz Zepeda,  Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti vakili Elena Volkova, Lobar Babakhodjayeva, Nodira Isamuhamedovalar ham o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi. 

Anjumanda xorijiy tillarni o’qitishda yangicha yondashuvlar, chuqur tahlilga boy, munozarali mavzudagi maqolalar muhokama qilindi.