Yangiliklar

img
Thu, 05/11/2023 - 18:11

Xorijiy tillar bo'yicha bilimlar bellashuvi

10–11-may kunlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida bilimlar bellashuvi bo’lib o’tdi. Bunda talabalar o'rganayotgan 5ta til bo’yicha 3 bosqichdan iborat musobaqa tashkil etildi. Bellashuvda talabalar arab, fors, rus, fransuz, nemis tillari bo‘yicha egallagan o’z bilim va ko’nikmalarini sinab ko’rishdi.
  1-bosqichda talabalar bilimi test topshiriqlari orqali tekshirildi. Bunda talabalarning xorijiy tilni bilish darajalari o'rganilgan grammatik, leksik bilimlar sinovdan o‘tkazildi.
  2-bosqichda talabalarning xorijiy tilda tinglab tushunish va yozish malakalarini dikktant asosida sinovdan o‘tkazildi. Bir nechta mavzu ichidan talaba tomonidan tanlangan mavzu doirasida diktant yozildi.
  3-bosqichda talabalarning og‘zaki muloqot malakalari Suhbat asosida tekshirildi. Talaba tomonidan turli mavzular tanlanib, shu mavzu doirasida erkin so’zlashuv amalga oshirildi.


Murosasiz bellashuvlardan so'ng g'oliblar aniqlandi va munosib taqdirlandi. Taqdirlash marosimini universitet yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Bahodir Xoliqov ochib berdi. U o'z nutqida xorijiy tillarni bilish bugungi zamon talabi ekanligini va milliy tilimizni dunyo bo'ylab targ'ib etish uchun ham kamida ikkita chet tilini bilish shartligini alohida qayd etdi.