Yangiliklar

img
Sat, 03/16/2024 - 10:51

Xorijdagi vatandoshlarimiz uchun mahorat darsi

Joriy yilning 15-mart kuni "Vatandosh" jamoat fondi bilan hamkorlikda qo'shni davlatlarda faoliyat yuritib kelayotgan o'zbek tili o'qituvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi. Qozog'iston, Afg'oniston, Qirg'iziston, Tojikiston singari davlatlarda yashab, u yerda o'zbek tilidan saboq berib kelayotgan vatandoshlarimiz tom ma'noda madaniyat elchilari hamdir. 
Mehmonlarni universitet xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova kutib oldi va ularga xorijliklarga o'zbek tilini o'rgatishdek muhim vazifani bajarayotgan "O'zbek maktabi" faoliyati bilan tanishtirdi. "O'zbek maktabi" jamoasining shu paytga qadar amalga oshirgan ishlari, "Xorijliklar uchun o'zbek tili" A1 va A2 darajalar uchun darsliklari mehmonlar tahsiniga sazovor bo'ldi. 
“Oʻzbek maktabi”ning koreyalik tinglovchisi qisqa muddatda oʻzbek tilini juda yaxshi oʻrgangani haqida soʻzladi va bunda unga zamonaviy metodika, unikal darsliklar yordam berganini aytib oʻtdi.

 

ToshDOʻTAUning Ona tili oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri Klara Mavlonova ham oʻzbek tilini oʻqitishning zamonaviy usullari, kommunanikativ ta’limning afzalliklari haqida gapirdi.

 

Mahorat darsi davomida o'zbek tilini o'qitish bo'yicha yangi usul va vositalar, metodik nazariyalar haqida ma'lumot berildi, namunaviy dars o'tildi.
Mahorat darsi yakunida bundan keyin an’anaviy ravishda xorijdagi oʻzbek tili oʻqituvchilari treninglar tashkil etishga kelishga kelishildi.