Yangiliklar

img
Wed, 01/24/2024 - 18:42

Xorijdagi o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchilari uchun seminar tashkil etildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi tomonidan qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikalarida faoliyat olib borayotgan ona tili va adabiyoti oʻqituvchilari uchun oʻquv seminarining 3-soni tashkil qilindi. 
Seminarda ToshDO'TAUning mahoratli ustozlari filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov "Mustaqillik davri yosh ijodkorlari" mavzusida, pedagogika fanlari doktori Klara Mavlonova "Ona tili ta’limidagi an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar" mavzusidagi ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Seminar ishtirokchilarini mustaqillikdan soʻng oʻzbek tili, adabiyoti va uni oʻqitish sohasidagi yangiliklar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, oʻqitishning zamonaviy texnologiylari bilan yaqindan tanishtirish ushbu seminarning asosiy maqsadidir.
Eslatib o'tamiz, o'quv seminari har oyda bir marta, masofaviy (onlayn) shaklda tashkil qilinib, unda respublikamizning taniqli tilshunos, adabiyotshunos olimlari oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.