Yangiliklar

img
Tue, 10/24/2023 - 16:39

Xorijda o'zbek tili va adabiyotiga doir tadqiqotlar

Joriy yilning 23-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Qozog'istonning  X.Do‘smuhamedov nomidagi Atirau universiteti xalqaro bo‘limi mudiri, PhD doktori Qarlig‘ash Ashirxonova mehmon bo'ldi. Mehmonni Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti dekani M.Abdullayeva qabul qildi. Qarlig‘ash Ashirxonova kechki ta'lim shakli 1 104-105-guruh talabalariga "Yevropa turkologiyasida o‘zbek tiliga oid tadqiqotlar"  mavzusida ma'ruza qildi. Ma'ruzada talabalarga xorijda o‘zbek tilini o‘rgatuvchi universitetlar va ilmiy markazlar haqida ma'lumotlar berildi. Yevropada o‘zbek tili va adabiyoti, tarixi va madaniyatiga oid tadqiqotlari bilan o‘rtoqlashdi. Mashg'ulot so‘ngida o‘qituvchilar va talabalarni "O‘rxun"  akademik mobillik dasturi bo‘yicha Atirau universitetida bir muddat tahsil olishga chaqirdi.