Yangiliklar

img
Sun, 09/15/2024 - 23:06

Xonatlas haftaligi

Zamonaviy kiyinishda milliy matolardan samarali foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida 9-14-sentabr kunlari  yurtimiz bo'ylab o'tkazilayotgan navbatdagi “XONATLAS HAFTALİGİ” tadbirlarida  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. 
Milliy qadriyatlarni yuksaltirish va xonatlasni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 14-sentabr kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchilari N.Karimova, M.Eshquvatovalar rahbarligida  o‘zbegimning urf-odati va ana’analari milliy qadriyatlarini namoyish etish maqsadida “Milliy liboslar millat yuzidir” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
Atlas va adras yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Milliy matolarimizning muxlislari bugun butun dunyoda topiladi. Aslida milliylik har bir xalq ma’naviy boyligining ajralmas qismidir.
Xon atlas – eng yorqin ranglar tabiat jilosi, gullar tasvirini o‘zida mujassam etgan o‘zbek milliy matosi hisoblanadi. Mazkur matoni qadimda faqat xonlar kiygani uchun ham xon atlas nomi bilan atalgan.
Shu bois so‘nggi yillarda ana shu qadriyatlar zanjirini davom ettirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

  

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad - yosh avlodda milliy g‘urur hissini uyg‘otish, madaniy ildizlariga bo‘lgan hurmat va qiziqishni kuchaytirish, milliy urf-odat va anʼanalar bilan birga umuminsoniy axloq qoidalarini shakllantirishdan iboratdir. Qolaversa,  Kiyimlarga yorqin ranglarni kiritish inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir etib, yorqin muhitni yaratadi.